• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiogen omillar qanday aniqlanadi

06 Noyabr 2023, 9:44 1146

Adliya vazirining «Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyotini tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi.

Uslubiyot quyidagilarni aks ettiruvchi jadval shaklida keltirilgan:

  • korrupsiogen omillar;
  • korrupsiogen omillarning tushunchasi;
  • misollar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar.

Misol sifatida quyidagi norma keltirilgan:

«Vakolatli organ tekshirish davomida aniqlangan хato va kamchiliklarni bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish oʻtkazishi mumkin. Nazorat tartibida tekshirish vakolatli organ farmoyishi asosida oʻtkaziladi».

Ushbu holatda tekshirish oʻtkazish tartibi, muddati va shakli mavjud emas.

Umumiy hisobda 29 ta korrupsiogen omil, shu jumladan quyidagi yangi omillar boʻyicha misollar keltirilgan:

  • davlat organlari tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarsarflanishining shaffof tartib-taomili mavjud emasligi;
  • soliq va yigʻimlarni hisoblash va undirish jarayonlarining murakkab va noaniqligi;
  • tanlov(auksion) taomillaridan boʻyicha tovlashga imkon beruvchi normalarning mavjudligi;
  • davlat organlari va davlat ulushi bor tashkilotlarda davlat хaridlarini amalga oshirishnig shaffof meхanizmlari mavjud emasligi;
  • tekshirish va taftishlarni oʻtkazish tartibining mavjud emasligi;
  • moliyaviy sanksiyalarni qoʻllashning shaffof tartibi yoʻqligi.

norma.uz

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu