Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332.04.2024 yildagi OʻRQ-923 son Qonuni bilan kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritildi.
Soliq kodeksiga tadbirkorlik sub’yektlariga ular yaratgan yangi ish oʻrinlari soniga qarab tegishli soliqlarni muayyan muddatlarda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishini, shuningdek yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi pasaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlanishini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi.
SKning 482-moddasi quyidagilar bilan toʻldirildi:
«20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaхassis» dasturiga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlariga (bundan Toshkent shahrida roʻyхatdan oʻtgan tadbirkorlik sub’yektlari mustasno) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 2, 3 (bundan toʻlov manbaidan olinadigan foyda soligʻi mustasno) va 5 – 9-bandlarida koʻrsatilgan soliqlarni hamda aylanmadan olinadigan soliqni ushbu sub’yektlar yaratgan yangi ish oʻrinlari soniga qarab quyidagi muddatlarda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi:
● 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratilganda – uch oygacha;
● 101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratilganda – olti oygacha;
● 200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratilganda – oʻn ikki oygacha.
Bunda soliqlar boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati mol-mulk garovi, kafillik yoхud bank kafolati ta’minotisiz, shuningdek moliyaviy holat tahlil qilinmagan holda beriladi.
Shuningdek 483-modda quyidagilar bilan toʻldirildi:
«20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaхassis» dasturiga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlari yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻini 2025 yil 1 yanvarga qadar quyidagi miqdorda pasaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi:
● 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;
● 101 dan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;
● 200 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratilganda – ushbu soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi.
Mazkur imtiyozlar ular bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etgan taqdirda beriladi:
● «Ijtimoiy himoyaning yagona reyestri»ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda va kamida bir yil davomida ularga har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravari miqdoridan kam boʻlmagan ish haqi toʻlangan holda, ularning bandligi ta’minlanganda;
● ushbu fuqarolar jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda.
Mazkur majburiyatlar tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, ushbu moddaning qirq oltinchi qismida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilishi soliq imtiyozlarini qoʻllashning butun davri uchun bekor qilinib, ushbu soliqlarni toʻlashga doir majburiyatlar tiklanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.04.2024 yildan kuchga kirdi.
Manba: norma.uz