• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tuhmat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

05 Fevral 2023, 16:35 1341

Tuhmat, ya’ni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda tuhmat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln soʻmdan 18 mln soʻmgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

 Agar ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, 60 mln soʻmgacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Tuhmat nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat jinoyat hisoblanadi va aybdor:

- 60 mln soʻmdan 120 mln soʻmgacha miqdorda jarima;

- 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

- 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

- 1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.

Agarda tuhmat:

- ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab;

- ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan holda;

- xavfli retsidivist tomonidan;

gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa:

- 90 mln soʻmdan 150 mln soʻmgacha miqdorda jarima;

- 360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

- 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Bo`lishmoq:
Text to speech