"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332025-yil 30-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining VMQ-400-son qarori qabul qilinib, Kon-geologiya vazirligi tizimiga kiruvchi ishlab chiqarish, konchilik va sanoat korxonalari “Istisnolar ro‘yxati”ga kiritildi. Bu orqali ushbu korxonalarda yaqin qarindoshlarning birga ishlashiga belgilangan tartibda ruxsat berilishi nazarda tutilmoqda.
Mazkur qaror orqali “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK AJ”, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zbekko‘mir” AJ kabi strategik ahamiyatga ega yirik sanoat korxonalarining xodimlari manfaatlarining qonuniy himoyasi ta'minlandi. Bu hujjat manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyatlarni bartaraf etishda yagona va aniq huquqiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Qarorning kuchga kirishi orqali tog‘-kon va metallurgiya sanoatidagi yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb qilish, ularning o‘z joyida faoliyatini davom ettirishini ta'minlash, ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolish, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish hamda yirik investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur huquqiy asos yaratildi.