• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!

23 Oktyabr 2024, 9:40 587

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoyishi qabul qilindi.

Unga koʻra, Konstitutsiyaning 32 yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash uchun “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samarali tashkil etiladi.

Shuningdek,  Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi hamda tashkiliy qoʻmita tasdiqlandi.

Bayramni bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:

yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, ta’lim va mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;

soʻnggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning oʻrni va rolini yoritish;

“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga oʻtilganligini ochib berish;

mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng targʻib qilish;

“Konstitutsiya oyligi” doirasida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish.

manba: https://t.me/huquqiyaxborot

Bo`lishmoq:
Text to speech