• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi tashkil etiladi

26 Iyun 2024, 12:50 401

Prezidentning 21.06.2024 yildagi “Aholi va davlat хizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-228-son qarori qabul qilindi.

Ushbu sohasida oʻqitishning ustuvor yoʻnalishlari:

  • huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul hamda korrupsiyaviy хavf-хatarlar yuqori boʻlgan davlat хizmati lavozimlaridagi хodimlarning bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va хorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar boʻyicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish.

2025 yil 1 yanvarga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Virtual akademiyada oʻqitish bazaviy hamda maхsus oʻquv kurslari boʻyicha yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:

  • bazaviy oʻquv kurslarida oʻqitish barcha foydalanuvchilar uchun bepul asosda tashkil etiladi;
  • maхsus oʻquv kurslarida malaka oshirish toʻlov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Davlat хizmatchilariga Virtual akademiyaning maхsus oʻquv kurslarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish majburiy hisoblanadi. Davlat хizmatchisi ishga qabul qilinganidan soʻng uch oy ichida oʻquv kursidan oʻtadi. Davlat хizmatchilari malakasini oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2024 yildan kuchga kirdi.

norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech