• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kripto–aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimi joriy etiladi

28 Aprel 2022, 16:36 681

Prezident farmoni (PF–121, 27.04.2022 y.) bilan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O’zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi.

Quyidagilar Agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib belgilandi:

 kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;

kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma’lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo’yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko’maklashish.

Farmon bilan kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy sharoit yaratishni nazarda tutuvchi Kripto–aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi.

“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida:

Maxsus rejim ishtirokchilari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro’yxatlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o’z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to’lovlari (bojxona yig’imlaridan tashqari) to’lashdan ozod etiladi;

Maxsus rejim ishtirokchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo’yicha xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qat’iy belgilangan stavka bo’yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’iga tortiladi hamda soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi.

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot/11591

Bo`lishmoq:
Text to speech