• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo’llanma olishi mumkin?

02 Iyun 2022, 10:51 1153

Qonunchilikka muvofiq quyidagi nogironlar va keksalar toifasiga bepul sanatoriya-kurort yo’llanmalari taqdim etiladi:

  • urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
  • halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);
  • respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
  • Chernobil halokati sababli nogiron bo’lib qolgan shaxslar;
  • yadro poligonlarida harbiy xizmatni o’tagan shaxslar;
  • I va II guruh nogironlari, ko’zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
  • yolg’iz keksalar;
  • pensionerlar.

Yo’llanma olish uchun quyidagi hujjatlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hududiy bo’linmalariga topshirilishi lozim:

  • ariza;
  • pasport nusxasi;
  • yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);
  • tibbiy xulosa.

Yo’llanmalarni berish davriyligi quyidagicha.

har yili (navbat asosida):

  • urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
  • respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
  • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek CHernobilь halokati sababli nogiron bo’lib qolgan shaxslarga;
  • yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o’tagan shaxslarga;
  • yolg’iz keksalarga;

2 yilda 1 marotaba (navbat asosida):

  • urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
  • halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);
  • I va II guruh nogironlari, ko’zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;
  • Sanatoriylarda bo’sh o’rin mavjud bo’lgan taqdirda  3 yilda 1 marotaba (navbat asosida) — pensionerlarga.

Yo’llanmalar 12 kunga, yo’llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.

https://t.me/huquqiyaxborot/11643

Bo`lishmoq:
Text to speech