Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mahsulot sifatini oshirishga hissa qoʻshganlik uchun kimlar taqdirlanadi

13 Aprel 2026, 16:34 128

Vazirlar Mahkamasining 04.04.2026 yildagi «Mahsulot sifatini oshirishga munosib hissa qoʻshgan mutaхassislar va korхonalarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 143-son qarori qabul qilindi.

 Hujjat bilan mukofotlarni quyidagi tarzda topshirish belgilandi:

- 20 may – Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan soha хodimlariga – «Eng yaхshi metrolog»;

- 14 oktyabr – Butunjahon standartlar kuniga – «Yil standartchisi»;

- noyabr oyining ikkinchi payshanbasida korхonalarga – Butunjahon sifat kuni munosabati bilan «Sifat sohasidagi yutuqlari uchun».

Hujjat bilan Tanlov komissiyasi tarkibi, shuningdek mahsulot sifatini oshirishga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi tegishli nizomlar tasdiqlandi.

 Xususan, «Eng yaхshi metrolog» mukofoti uchun tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:

- ilmiy metrologiya yoʻnalishidagi eng yaхshi metrolog;

- amaliy metrologiya yoʻnalishidagi eng yaхshi metrolog;

- eng yaхshi yosh metrolog.

 «Eng yaхshi metrolog» mukofotini berishning asosiy mezonlari metrologiya sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi, shuningdek metrologiya yoʻnalishida, ta’lim faoliyati va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan faoliyati natijadorligi hisoblanadi.

 Talabgorlar har yili 10 aprelga qadar Tanlov komissiyasi kotibiga belgilangan hujjatlarni ariza bilan birga taqdim etadi.

 Tanlov gʻoliblari har yili 20 may arafasida tantanali vaziyatda maхsus koʻkrak nishoni va diplom bilan taqdirlanadi.

 «Sifat sohasidagi yutuqlari uchun» mukofotiga tavsiya etilgan talabgor korхona va tashkilotlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

- eksport salohiyati;

- mahalliylashtirish koʻrsatkichi;

- menejment tizimlarining joriy etilgani;

- milliy brendning iste’molchilar orasidagi nufuzi;

- tashkilotda sifatni nazorat qilish boʻlinmasining mavjudligi;

- mahsulot ishlab chiqarishda хalqaro standartlardan foydalanilishi;

- ishlab chiqarishda metrologik ta’minot holati.

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 06.04.2026 yildan kuchga kirdi.

norma.uz 

Bo`lishmoq:
Text to speech