• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Manfaatlar to’qnashuvi alohida Qonun bilan tartibga solinmoqda

10 May 2022, 13:31 828

Adliya vazirligi tomonidan manfaatlar to’qnashuvining oldini olish to’g’risida qonun loyihalari ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi.

Qonun loyihalarida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

- davlat tashkiloti xodimi yoki uning yaqin qarindoshi aktsiyadori, muassisi (ishtirokchisi), boshqaruv organi a’zosi hisoblanadigan yuridik shaxs ushbu xodimlarga aloqador shaxs hisoblanadi;

- davlat tashkiloti xodimi tomonidan manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

- manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish;

- mavjud manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida xabar berish.

Davlat tashkiloti xodimining yaqin qarindoshlari va unga aloqador bo’lgan shaxslar mazkur xodimning mehnat qilayotgan tashkiloti bilan huquqiy munosabatga kirishayotganida manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida yozma yoki elektron shaklda xabar berishi lozim.

Shuningdek,  manfaatlar to’qnashuviga oid talablarni buzganlikning huquqiy oqibatlari belgilanmoqda.

Xususan:

- davlat tashkilotlari xodimlarining har bir holatda manfaatlar to’qnashuvi haqida xabar bermaganligi BHMning 3 baravardan 5 baravarigacha (takroran bo’lsa – BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha);

- mansabdor shaxslarining ushbu vaziyatlarni tartibga solmaganligi BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha (takroran bo’lsa – BHMning 10 baravardan 15 baravarigacha) jarima solishga sabab bo’lishi mumkin.

- Mazkur qonun loyihalari qabul qilinsa, davlat tashkilotida davlat xizmatchilari tomonidan korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir qilinishi oldi olinishi hamda xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash sohasidagi 3 ta indeksda O’zbekiston pozitsiyasiga ijobiy ta’sir etishi kutilmoqda.

- Quyidagi havolalar orqali loyihalar muhokamasida ishtirok eting:

https://regulation.gov.uz/oz/d/60954

Bo`lishmoq:
Text to speech