• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Markaziy apparatlarda boʻlinma tashkil etilishi majburiy hisoblanadi

26 Yanvar 2023, 9:28 1372

Markaziy apparatlarda boʻlinmalar tashkil etilishi majburiy hisoblanadi.

“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–14-son, 25.01.2023 y.) qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (56 573 nafar);
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yagona roʻyxati (jami 69 ta, shundan vazirliklar – 21 ta, qoʻmitalar – 12 ta, agentliklar – 25 ta, inspeksiyalar – 11 ta).

Vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilib, ularning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qat’iyan taqiqlanadi.

Shuningdek, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarda tarkibiy boʻlinmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablar tasdiqlandi.

Jumladan, rahbar xodimlar va ijrochilar nisbati markaziy apparat bo’yicha kamida 1/3 nisbatda boʻlishi lozim.

Vazirlarning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yoʻnaltirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan ta’minlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilinishi mumkin.

Markaziy apparatlarda quyidagi tarkibiy boʻlinmalar (lavozimlar) tashkil etilishi majburiy hisoblanadi:

  • strategik rejalashtirish va metodologiya;
  • jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari);
  • inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish;
  • axborot tahlil va ijro intizomi;
  • murojaatlar;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish;
  • yuridik ta’minlash;
  • korruptsiyaga qarshi kurashish;
  • moliya-iqtisod;
  • xalqaro hamkorlik va reytinglar;
  • birinchi boʻ

Farmonga koʻra shuningdek, vazirlik va idora faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirishni nazarda tutuvchi Prezident hujjati loyihasi ishlab chiqiladi.

Bo`lishmoq:
Text to speech