Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to’lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi Yangi Mehnat kodeksiga ko’ra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:
homilador ayol, 3 yoshga to’lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to’lmagan bolani yolg’iz o’zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
zaxiraga qo’yiladigan ish o’rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo’lgan shaxslar;
davlat grantlari asosida o’qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo’llanma bo’yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo’yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
o’zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
18 yoshga to’lmagan shaxslar;
ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo’yicha bekor qilgan bo’lsa, o’sha shaxslar;
ishlab chiqarishda o’qitish shartnomasi bo’yicha ushbu ish beruvchida o’qishni o’tagan o’quvchilar;
jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.
Manba: lex.uz