Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Respublikada mis xomashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-77-son, 19.02.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, birja savdolari orqali xarid qilingan mis xomashyosi uchun to‘lovlarning 25 foizini bo‘nak tarzida, qolgan 75 foizini mis xomashyosi olinganidan so‘ng 90 kun ichida to‘lashga ruxsat beriladi.
Bunda mis xomashyosi uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan har bir kun uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar summasi quyidagicha belgilanadi:
30 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – foiz hisoblanmaydi;
31 kundan 60 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga − Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida foiz hisoblanadi;
61 kundan 90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga − Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblanadi.
Qaror 2024 yil 1 apreldan kuchga kiradi hamda uning talablari 2024 yil 1 aprelga qadar tuzilgan shartnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Manba: Huquqiy axborot