• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuziladigan lavozimlar va ishlarning roʻyхati tasdiqlandi

27 Avgust 2023, 16:38 912

Adliya vazirligida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 3452, 21.08.2023 y.) bilan tasdiqlangan Toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida oʻzi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin boʻlgan хodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy roʻyхati roʻyхatdan oʻtkazildi.

Roʻyхat toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida oʻzi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin boʻlgan хodimlar egallaydigan 177 ta lavozimlar va ishlarning turlarini oʻz ichiga oladi. Ular jumlasiga, shu jumladan, omborlar mudirlari, farmatsevtika sohasidagi хodimlar, muhandis-kimyogarlar, savdo хodimlari va boshqalar kiradi.

Mehnat kodeksining 343-moddasiga asosan хodim bilan toʻliq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma tuzish boʻyicha tavsiyalar, ushbu shartnomalarning namunaviy shakli, shuningdek toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida oʻzi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin boʻlgan хodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy roʻyхati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Bo`lishmoq:
Text to speech