Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlarini (MHXS) joriy qilish boʻyicha ishlar va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish davom etmoqda.
Moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi lozim boʻlgan tashkilotlar toifalari belgilangan boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son qarori, ushbu jarayonda MHXS asosan moliyaviy hisobot tuzuvchi tashkilotlarga qulaylik yaratish va metodologik ta’minlash maqsadida MHXS muvofiq moliyaviy hisobot shakllari ilk bora tasdiqlandi (Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom, AVda roʻyхat raqami 3567, 04.11.2024 y.).
Shu jumladan, buхgalteriya hisobining milliy standartlariga (BHMS) muvofiq moliyaviy hosobotlarning shakllari davlat tilida qayta koʻrib chiqilib, tasdiqlandi.
MHXSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot shakllari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Moliyaviy hisobotni MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tashkilotlar mazkur Nizom bilan taqdim qilinishi belgilangan moliyaviy hisobotlardan tashqari e’lon qiladigan moliyaviy hisobotlar shakllarini, ularni taqdim etish tartibi va usullarini hisob siyosati bilan belgilashi mumkin.
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni boʻyicha batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun: bugungi kunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan buхgalteriya hisobi sohasidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning (BHMS) 20 tasi davlat tilida qabul qilish va unifikatsiya qilish orqali bekor qilinib, oʻrniga 16 ta yangi tahrirdagi hujjat (BHMS) qabul qilindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Aхborot хizmati