Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ–221-son, 26.04.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Davlat bojxona qo’mitasi Intellektual mulk ob’ektlarining bojxona reestriga (Reestr) kiritilgan tovar belgilari bo’yicha qonunchilik talablari buzilishi haqida xabar beradi.
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo’yicha texnik jihatdan tartibga solish va sohadagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
2022 yil 1 avgustdan quyidagi tekshirish va o’rganishlar Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalangan holda amalga oshiriladi:
▫️sertifikatsiyalash organlari tomonidan sertifikatlashtirish jarayonidagi qo’llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan huquqlarni o’rganish va tekshirish;
▫️Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi tomonidan dorilar, tibbiy buyumlarni ro’yxatidan o’tkazishda intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan huquqlarga rioya etilganligini tekshirish.
2022 yil 1 iyungacha sertifikatsiyalash bilan shug’ullanuvchi barcha organlar “Sanoat mulki muhofazasi portali”ga bepul ulanishi mumkin.
2022 yil 1 sentyabrdan “Yagona darcha” bojxona tizimi orqali intellektual mulk ob’ektlarini Reestrga kiritish to’g’risidagi arizalarni elektron yuborish va ariza holatini onlayn kuzatib borish hamda natijasi bo’yicha arizachilarni xabardor qilish tartibi yo’lga qo’yiladi.
2023 yil 1 yanvargacha intellektual mulk ob’ektlarining auktsion savdosini o’tkazadigan “Intellektual mulk – barcha uchun” maxsus internet-auktsion savdo platformasi ishlab chiqiladi.
2022 yil 1 oktyabrgacha Internetda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan veb-saytlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi “Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilishlar reestri” axborot tizimi ishga tushiriladi.
Qaror bilan 2022–2026 yillarda O’zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Manba: https://t.me/huquqiyaxborot/11595