• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYoga borish shart emas

21 Yanvar 2023, 13:58 1181

Xabaringiz bor, 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYo boʻlimlarida qayd etish tartibi joriy etilgan.

Endilikda bola tugʻilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi ma’lumotlarni, jumladan, bola roʻyxatga qoʻyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʻlimi, navbatga qoʻyiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYo boʻlimiga axborot tizimi orqali yuboradi.

FHDYo bo’limi tugʻilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.

Tibbiyot muassasalari ma’lumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.

Ushbu ma’lumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYo boʻlimlari tomonidan  eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.

‼️Otalik belgilash va yolgʻiz ona arizasiga asosan tugʻilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilishini qayd etishda bevosita FHDYo boʻlimiga murojaat qilinishi lozim.

 Ma’lumot uchun: mazkur tartib 2023 yil 1 iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.

Bo`lishmoq:
Text to speech