• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari korrupsiogen omillarga tekshiriladi

13 Avgust 2023, 16:54 891

Prezident tomonidan 09.08.2023 yildagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-860-son Qonun imzolandi.

Qonun normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Quyidagilar normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazuvchi sub’yektlar hisoblanadi:

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
  • adliya organlari;
  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiquvchi davlat organlari;
  • tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlari.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoatchilik e’tiborini tortgan va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokama va munozaralarga sabab boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishga haqli.

Korrupsiyaga qarshi ekspertizada jamoatchilik ishtiroki tartibi alohida belgilangan. Jumladan, NNT, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va OAV normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazib, korrupsiogen omillarni bartaraf etish haqida takliflar kiritish huquqiga ega.

Manba: norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech