"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Vazirlar Mahkamasi tomonidan 18.10.2023 yildagi «Soliq organlari tomonidan ayrim soliq hisobotlarini shakllantirish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 548-son qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab soliq toʻlovchi QQS, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantirishni tanlashi mumkin boʻladi.
Onlayn-NKTning sotish cheklarida yoʻl qoʻyilgan teхnik хatolarni tuzatish mumkin boʻlgan muddat oʻzgartirildi. U 10 kunga – sotish cheki shakllantirilgan oy uchun QQS yoki aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq hisobotini topshirish sanasiga qadar uzaytirildi.
Cheklarni tuzatishda esa alohida hollarda soliq bazasiga tuzatish kiritish uchun SKning 257-moddasida belgilangan muddatlarga rioya qilinadi.
norma.uz