"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonunchilik hujjatlari ijrosini “Olmaliq KMK”AJ va uning tizimida samarali tashkil etish choralari toʻgʻrisida”gi buyruq qabul qilindi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2024-yil 5-noyabrdagi “Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi Xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi Deklaratsiyalar va Manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish Reyestrining namunaviy shakllarini tasdiqlash haqida”gi 3569-son buyrugʻi
(keyingi oʻrinlarda - Buyruq) rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.
Boshqaruv raisi oʻrinbosarlari va barcha boʻgʻin rahbarlari oʻz yoʻnalishlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-son Qonun va Prezidentimizning PQ-210-son Qaror talablarini samarali joriy etish, barcha xodimlarni (shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni) qamrab olish ҳамда tushuntirish ishlarini tizimli tashkil etish uchun shaxsan masʼul etib belgilanishi buyruqda oʻz aksini topgan.
Shuningdek, buyruq ijrosini taʼminlash boʻyicha boshqaruv raisining xavfsizlik boʻyicha oʻrinbosari va boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Kombinat Odob-axloq komissiyasining raisi hamraisligida kombinat muvofiqlashtirish komissiyasining shaxsiy tarkibi ushbu buyruqning ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.
Muvofiqlashtirish komissiyasining asosiy vazifasi sifatida, kombinatdagi barcha daraja va boʻgʻindagi rahbarlar, ijrochilar hamda masʻullar, shu jumladan chet el fuqarolari (xorijiy mutaxassislar) tomonidan Buyruq bilan tasdiqlangan Xabarnoma, Deklaratsiyalar shakllarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda, toliq hajmda, sifatli
va haqqoniy ma’lumotlarni kiritish, shuningdek Reyestrni yuritish ishlarini tizimili nazorat hamda monitoring qilish belgilandi.
Boshqaruv raisi oʻrinbosarlari va barcha boʻgʻin rahbarlari (tashkiliy shakli va boʻysunuvidan qatʼi nazar) Buyruq bilan tasdiqlangan Xabarnoma, Deklaratsiyalar va Reyestr hisobotlarini har yili 10-yanvarga qadar kombinatning Komplayens boʻlimiga majburiy tartibda taqdim etilishini taʼminlashi buyruqda belgilab qoʻyildi.
Komplayens boʻlimi, taqdim etilgan Xabarnoma, Deklaratsiyalar va Reyestrlarni umumlashtirgan holda va qonunchilikda belgilangan muddat va tartibda, Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda boshqa yuqori turuvchi davlat boshqaruv organlariga taqdim etilishini taʻminlaydi.
Deklaratsiyalarni belgilangan muddatlarda taqdim etmagan, taqdim etishdan bosh tortgan, belgilangan shakllarga nomutanosib holda toʻldirilgan yoki manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini yashirgan xodimlar, shu jumladan, chet el fuqarolari/xorijlik mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrish uchun Kombinatning Odob-axloq komissiyasi hamda O’zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga taqdim etilishini taʼminlash ham buruqda koʻrsatib oʻtilgan.
Kombinatdagi barcha daraja va boʻgʻindagi rahbarlar, ijrochilar, hamda masʻullar tomonidan, shu jumladan, chet el fuqarolari/xorijlik mutaxassislar tomonidan manfaatlar to’qnashuviga oid Xabarnoma, Deklaratsiyalar shakllarini toʻldirish va taqdim etishdan bo’yin tovlash, Reyestrni yuritishdan bosh tortish, Deklaratsiyalar va Xabarnomalarni toʻldirish
va taqdim etish muddatlariga amal qilmaslik, sababsiz ravishda yoki qasddan notoʻgʻri ma’lumotlarni kiritish, mavjud (real) manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini yashirish sifatida baholanish hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 1934-moddasi (https://lex.uz/ru/docs/97661) “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik” moddasida belgilangan sanksiyalar qo’llanishi to’g’risida ogohlantirilishi belgilandi.
Kombinatda manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlarni bartaraf etish ishlari “Olmaliq KMK” AJning 2022-yil 24-oktyabrdagi 001228 son Buyrugʻiga muvofiq, Kombinatning Odob-axloq komissiyasi (S.B.Shermatov) tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot o’rnida qabul qilindi.
Raqamlashtirish departamenti bir oylik muddatda Kombinatning axborot tizimlari, maʻlumotlar bazalari, savdo va xaridlar platformalari va boshqa dasturiy taʼminotlarini Qonun, Qaror hamda Buyruq bilan belgilangan talablarga muvofiqligini tahlil qilish va oʻrganish, zaruratga koʻra, ularni takomillashtirish, chunonchi manfaatlar toʻqnashuviga oid Deklaratsiyalarni toʻldirish, Xabarnomani to’ldirish va jo’natish, shuningdek Reyestrni yuritish, manfaatlar toʻqnashuviga oid hisobotlarni shakllantirish, umumlashtirish va joʻnatish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni raqamlashtirish choralarini koʻrishi belgilandi.