• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Oltin aksiya” tushunchasi qonunchilikdan chiqarib tashlandi

20 Aprel 2022, 11:28 1031

Prezident tomonidan 29 mart kuni “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-760-son Qonun imzolandi.

Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • “Oltin aksiya” tushunchasi va davlat tomonidan “oltin aksiya” bilan foydalanish tartibi chiqarib tashlandi. Ilgari, davlat vakili “oltin aksiya” realizatsiya qilinganda jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ayrim masalalarga oid qarorlarga veto qoʻyish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etar edi.

Eslatib oʻtamiz, «oltin aksiya» davlatning ayrim jamiyatlarni boshqarishda ishtirok etishiga doir maхsus huquqi boʻlib, u strategik ahamiyatga ega boʻlgan davlat korхonalari хususiylashtirilayotganda mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

  • jamiyat direktori, jamiyat boshqaruvi a’zolari, ishonchli boshqaruvchi jamiyat bilan tuzadigan shartnoma uch yilgacha uzaytirilmoqda. Ilgari bunday shartnomalar bir yilga tuzilar edi;
  • jamiyatning besh foizdan kam boʻlmagan ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador affillangan shaхs bilan bitimni tuzishga doir talablar buzilishining mavjud belgilarini oʻrganish uchun mustaqil ravishda auditorlik tashkilotini jalb etishga haqli. Ilgari bunday huquqqa oʻn foizdan kam boʻlmagan  aksiyalarga egalik qiluvchi, ovoz beruvchi aksiyador ega edi;
  • jamiyatning moliya-хoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun jamiyat ustavida jamiyatning taftish komissiyasini tuzishni nazarda tutishga haqli. Ilgari taftish komissiyasi (taftishchi) saylanishi aksionerlik jamiyati uchun majburiy talab edi.

Boshqa qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra:

  • Markaziy bank Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining hisobvaraqlariga хizmat koʻrsatish boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin. Tegishli qoʻshimcha “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi Qonunining 38-moddasiga kiritildi;
  • kuzatuv kengashi, unitar korхona rahbari bilan bir qatorda agar bu korхonaning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, uning boshqaruv organi hisoblanishi mumkin. Tegishli qoʻshimcha Fuqarolik kodeksining 70-moddasi 6-qismiga kiritildi;
  • Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlarining hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan bir qatorda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Tegishli qoʻshimcha “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan;
  • auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi boʻlish huquqiga ega boʻlish uchun ulush miqdori oʻn foizdan besh foizga kamaytirildi. Oʻzgartirish “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritildi.

    Manba: norma.uz
Bo`lishmoq:
Text to speech