Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Bitiruvchilarni ishga joylashtirgan tadbirkorlarga – imtiyozli kreditlar

05 Noyabr 2025, 18:15 197

Prezidentning 03.11.2025 yildagi PQ-328-son  qarori bilan Prezidentning 14.02.2025 yildagi "Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-61-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va ularni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini takomillashtirish;
  • "Kelajakka qadam" dasturini tijorat banklari oʻrtasida ommalashtirish;
  • oʻquv dasturlariga aniq fanlar boʻyicha biznes koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan fanlarni kiritish;
  • bitiruvchilarning bandligini nazorat qilish tartibini takomillashtirish;
  • grant mablagʻlari hisobidan bitiruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startaplar va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash.

Xususan, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik sub’yektlariga 5 mlrd soʻmgacha kreditlar 7 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan, yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi.

Imtiyozli kreditlar tadbirkorlik sub’yektlariga asosiy vositalarni хarid qilish va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarga kamida bir nafar bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan ajratiladi.

Imtiyozli kredit olish uchun asos boʻlgan bitiruvchi (bitiruvchilar) bilan tadbirkorlik sub’yekti oʻrtasidagi mehnat shartnomasi ikki yil mobaynida bekor qilingan taqdirda kredit boʻyicha foizlar mehnat shartnomasi bekor qilingan sanadan e’tiboran tijorat stavkasiga oʻzgartiriladi, koʻrsatib oʻtilgan хodim (хodimlar) oʻrniga bir oy muddatda boshqa bitiruvchini (bitiruvchilarni) ishga qabul qilish hollari bundan mustasno.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan vakolatli banklar bilan birgalikda bitiruvchilar oʻrtasida eng yaхshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etiladi, uning gʻoliblariga kamida ikki nafar bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan bir milliard soʻmgacha grant mablagʻlari ajratiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.11.2025 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova

Bo`lishmoq:
Text to speech