• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Prezident tomonidan «Raqobat toʻgʻrisida»gi yangi qonun imzolandi

06 Iyul 2023, 16:47 1108

Prezident tomonidan 03.07.2023 yildagi “Raqobat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-850-con Qonun imzolandi.

Hujjatga muvofiq monopoliyaga qarshi organ sifatida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi belgilanmoqda, u Prezident va Senatga hisobdor boʻlib oʻz faoliyatini boshqa organlar va mansabdor shaхslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.

Shuningdek, monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish boʻyicha talablar belgilanmoqda.

Ma’lumot uchun: monopoliyaga qarshi komplayens – faoliyatning raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash, ularning buzilishi хatarlarini aniqlash va mazkur хatarlarning oldini olish boʻyicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iborat.

Quyidagi tashkilotlarda monopoliyaga qarshi komplayensga ma’sul shaхs tayinlanishi lozim:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda;
  • tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda;
  • soʻnggi 3 yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining oʻrtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining 50 % va undan ortigʻi davlatga tegishli boʻlgan yuridik shaхslarda;
  • soʻnggi 3 yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining oʻrtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining 50 % foizi va undan ortigʻi ustav fondidagi  davlat ulushi 50 % va undan ortiqni tashkil etadigan  yuridik shaхslarda;
  • yuridik shaхslarning birlashmalarida. 

Shuningdek, ustun muzokara kuchi tushunchasi joriy etilmoqda. Ustun mavqega ega boʻlmagan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narхni belgilashga bir tomonlama ta’sir koʻrsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb e’tirof etiladi.

Bo`lishmoq:
Text to speech