• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Qaror va ijro: OKMK tomonidan zargarlik sohasi qo‘llab-quvvatlanadi

01 Fevral 2023, 15:44 1485

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-452-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qator ishlar amalga oshirilishi belgilandi.

Jumladan, 2023-yilning12-yanvar kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A. Xursanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-sonli qarori ijrosini ta'minlash haqida”gi buyruqqa imzo chekdi.

Unga ko‘ra, OKMK mas'ullari “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining ma'lumotiga asosan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilari uchun 100 grammdan 1000 grammgacha qulay bo‘lgan shakl va miqdorlarda qimmatbaho metallar zaxiralarining shakllantirilishini, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovar-xomashyo  birjasi orqali 100 foiz oldindan to‘lov asosida qimmatbaho metallar ajratilishini, qimmatbaho metallar tovar-xomashyo birjasi orqali kechiktirib to‘lash sharti bilan sotilganda, sotib olingan qimmatbaho metallar uchun to‘lov majburiyatlari “O‘zmilliybank” AJ va boshqa banklarning kafolati hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining kafilligi asosida ajratilishini ta'minlashi belgilandi.

Shuningdek, OKMK mas'ullari zimmasiga 2023-yil 1-fevraldan 2026-yil 1-fevralga qadar qimmatbaho  metallarni birja savdolarida sotishda zargarlik sohasida 100 dan 300 tagacha ish o‘rinlarini yaratgan tadbirkorlik sub'yektlariga London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida, 300 dan 500 tagacha ish o‘rinlarini yaratganlarga 2 foiz miqdorida, 500 dan 1000 tagacha ish o‘rinlarini yaratganlarga 3 foiz miqdorida, 1000 ta va undan ortiq ish o‘rinlarini yaratganlarga 4 foiz miqdorida chegirma berilishi Qaror bilan belgilanganligi inobatga olishi yuklatildi. Va “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub'yektlarining ro‘yxati va ular tomonidan yaratilgan zargarlik sohasidagi ish o‘rinlari to‘g‘isidagi ma'lumotiga asosan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarini qimmatbaho metallar bilan ta'minlash bo‘yicha shartnoma shartlariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni kiritishi belgilandi.

Bundan tashqari, kombinat mas'ul rahbarlariga qarorning 3-bandi “b” kichik bandi ijrosi doirasida “Olmalik KMK” AJ, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi va “O‘zmilliybank" AJ o‘rtasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilari uchun qimmatbaho metallar zaxiralarini yaratish va ularga yetkazib berish bo‘yicha 3 tomonlama hamkorlik shartnomasi tuzilishini ta'minlashlari buyruqda o‘z aksini topgan.

Buyruqqa ko‘ra, kombinat mutassadilari 10 kun muddatda bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib iste'molchilarni qimmatbaho metallar yombilari va granulalari bilan ta'minlash uchun ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilishda qo‘llaniladigan ilg‘or texnologiyani joriy qilish va malakali xodimlar bilan ta'minlash yuzasidan taklif kiritishadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech