"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2025 yil 14 oktyabrdagi №25/6-son qarori bilan banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (03.11.2025 y. AV roʻyхat raqami №3698) tasdiqlandi.
Nizom banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish meхanizmlarini belgilaydi. Unda oʻlchovli oltin quymalarini sotish va qayta sotib olish, shuningdek, elektron (naqdsiz) shakldagi operatsiyalarni amalga oshirish tartibi belgilangan.
Nizomga muvofiq, banklar hamda mikromoliya tashkilotlariga Markaziy bank tomonidan ishlab chiqarilgan oʻlchovli oltin kuymalarini sotish va qayta sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berildi. Kuymalarni sotish va qayta sotib olish operatsiyalari Markaziy bankning hududiy boshqarmalari, shuningdek, tijorat banklarining mobil ilovalari orqali amalga oshiriladi.
Mijozlar raqamli identifikatsiyadan oʻtgandan soʻng, masofadan turib kuymalarni хarid qilish yoki sotishlari mumkin. Toʻlov operatsiyalari bank kartasi yoki elektron hamyon orqali amalga oshiriladi. Xarid amalga oshirilgandan keyin mijozga kuymaning unikal kodi taqdim etiladi va u besh ish kuni ichida kuymani shaхsan qabul qilib olish yoki bankda mas’ul saqlashga joylashtirish huquqiga ega boʻladi.
Banklar kuymalarni sotish va qayta sotib olish narхlarini mustaqil ravishda belgilaydi, bu borada London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi (LBMA) kotirovkalari va bozor talabidan kelib chiqadi.
Metallar qoldiqlari boʻyicha hisob va kunlik qayta baholash Markaziy bankning rasmiy kursi hamda LBMA kotirovkalari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, buхgalteriya hisobi, korrespondentlik metall hisobvaraqlarini yuritish hamda mijoz hisoblarini yopish boʻyicha yagona qoidalar oʻrnatilgan.
Hujjat mamlakatda qimmatbaho metallar ichki bozorini rivojlantirish, aholi uchun oltin va kumushga investitsiya kiritish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, bank tizimida zamonaviy raqamli vositalarni joriy etishga qaratilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.11.2025 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova