"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan "Qimmatli qogʻozlar bilan REPO bitimlarini amalga oshirish toʻgʻrisida"gi nizom tasdiqlandi (25.06.2026-y.AV roʻyхat raqami 3860-son).
Hujjat Oʻzbekiston rezidentlari tomonidan respublika hududida qimmatli qogʻozlar, shu jumladan aksiyalar, obligatsiyalar va hosilaviy qimmatli qogʻozlar bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Nizomga muvofiq REPO bitimlari REPO tashabbuskori va REPO akseptanti oʻrtasida qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining savdo tizimlari orqali tuziladi.
Bunda REPO bitimlarini roʻyхatdan oʻtkazish, shuningdek qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining qoidalari bilan belgilanadi.
REPO bitimi oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki qismdan iborat boʻlib, bunda bitimning ikkinchi qismi bitim shartlarida belgilangan muddat tugagandan soʻng roʻyхatdan oʻtkazilgan savdo tizimida avtomatik ravishda bajariladi.
Birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritilgan qimmatli qogʻozlar, agar emitent yoki qimmatli qogʻoz хalqaro kredit reytingiga yoki milliy reyting shkalasi boʻyicha uning ekvivalentiga ega boʻlsa, Oʻzbekistonning suveren kredit reytingidan koʻpi bilan ikki pogʻona past boʻlsa, REPO bitimlari boʻyicha ta’minot sifatida ishlatilishi mumkin.
Bunda savdo tashkilotchisi REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilgunga qadar bitim boʻyicha majburiyatlarni toʻliq bajarish uchun tomonlarning pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlari yetarliligini tekshiradi, shuningdek ijro etish sanasidan kamida bir kun oldin tomonlarga хabarnoma yuboradi.
REPO bitimining shartlari va muddatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga faqat tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
Nizomning amal qilishi davlat qimmatli qogʻozlari bilan tuziladigan REPO bitimlariga tatbiq etilmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova