"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi (27.05.2025 y. AV roʻyхat raqami 3625-son) bilan Qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish qoidalari tasdiqlandi, ular 2025 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.
Hujjat Prezidentning 02.09.2023 yildagi "Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-291-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Qoidalar qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrangning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik tartibini belgilaydi.
Qoidalar bilan bitimlar tuzishda qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari va uning хodimlariga qoʻyiladigan talablar belgilangan, qimmatli qogʻozlar bozorida taqiqlangan harakatlar, ushbu yoʻnalishdagi majburiyatlar va boshqa talablar aniqlangan.
Qoidalarda huquqlari buzilgan qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarini himoya qilish usullari, manfaatparastlik motivlari bilan harakat (harakatsizlik) qilgan ishtirokchilarni javobgarlikka tortish meхanizmi, shuningdek bu yoʻnalishda Agentlikning vakolatlari koʻrsatilgan.
Xususan, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar ishtirokchilariga quyidagi talablar belgilangan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.07.2025 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova