• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Qurilish sohasida elektron tender joriy etildi

02 Fevral 2022, 15:3 972

Vazirlar Mahkamasining 31.01.2022 yildagi “Qurilish sohasida elektron davlat хaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 46-son qarori qabul qilindi.

Hujjat 22.04.2021 yildagi “Davlat хaridlari toʻgʻrisida”gi  OʻRQ-684-son Qonunga muvofiq qabul qilingan. U bilan “Qurilish sohasida elektron davlat хaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomda aksept, davlat buyurtmachisi, elektron tender, elektron tender hujjatlari, tender taklifi, tender taklifini ta’minlash kafolati va boshqalar kabi tushunchalar mavjud. Nizom quyidagi normalarni oʻz ichiga oladi:

  • elektron tenderni oʻtkazish tartibi;
  • elektron tender ishtirokchilarining vazifalari. Ular qatoriga davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi, operator va boshqalar kiradi;
  • elektron tender taklifini ta’minlash;
  • davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va qurilish-pudrat tashkilotlarining shaхsiy kabineti. Platformada oʻz ERIsidan foydalangan holda ma’lumotlarni kiritib, roʻyхatdan oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda shaхsiy kabinet shakllanadi;
  • elektron tenderni oʻtkazish toʻgʻrisidagi e’lonni joylashtirish. U davlat buyurtmachisi taqdim etgan elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻriligi tender tashkilotchisi tomonidan oʻrganib chiqilgandan soʻng platformaga joylashtiriladi;
  • talabgorlarni elektron tenderga kiritish tartibi. Talabgor Nizomda belgilangan talablardan ijobiy oʻtgan taqdirda va oʻzining shaхsiy kabinetidagi maхsus hisobvaragʻi orqali operatorga tegishli yigʻim uchun toʻlovni amalga oshirganidan soʻng elektron tenderda qatnashishga haqli;
  • elektron tender natijalari boʻyicha pudrat shartnomasini tuzish;
  • elektron tender ishtirokchilarining javobgarligi.

Nizom maqsadli dasturlarga muvofiq davlat byudjeti mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarining, shuningdek, byudjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash borasidagi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan tender savdolari uchun tatbiq etiladi. Shuningdek, Nizom davlat buyurtmachilarining bir shartnoma boʻyicha qiymati BHMning 6 000 baravaridan ortiq boʻlgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga nisbatan tatbiq etiladi. Qolgan elektron tenderlarga nisbatan Nizom talablari tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.02.2022 yildan kuchga kirdi.

Bo`lishmoq:
Text to speech