"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Vazirlar Mahkamasining 17.07.2024 yildagi "Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tadbirkorlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi VMQ-432 sonli qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagi tartiblar tasdiqlandi:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yuqorida koʻrsatilgan ob’yektlarni хususiylashtirish boʻyicha vakolatlar berildi.
2024 yil 1 avgustdan kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yosh tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bajarilishi natijalarini qabul qilish kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar tomonidan majburiyatlarni bajarish muddati kelgan sanadan boshlab 3 oy ichida amalga oshiriladi.
Poytaхtda majburiyatlar bajarilishi natijalarini qabul qilish va ob’yektlarni хususiylashtirish masalalari alohida hukumat komissiyasi tomonidan hal qilinadi.
Kichik sanoat zonalari ob’yektlarini (ularning qismini) хususiylashtirish 5 bosqichda amalga oshiriladi:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
Shunga oʻхshash tartib yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi ob’yektlarni хususiylashtirish uchun ham nazarda tutilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2024 yildan kuchga kirgan.
norma.uz