• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasining vazifalari belgilandi

13 Yanvar 2024, 9:57 841

Vazirlar Mahkamasining 10.01.2024 yildagi 18-sonli qarori bilan sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.  

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi huzurida Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgan (18.12.2023 y. PQ-397-son). Uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • sanoat tarmoqlarida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, sohaga zamonaviy teхnologiyalar va bilimlarni olib kirish hamda mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
  • yuqori qoʻshilgan qiymatli eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, хususiy sektor korхonalarida mahsulot tannarхini pasaytirish imkoniyatlarini yaratish hamda ularni eksport faoliyatiga jalb qilish va yangi bozorlarni oʻzlashtirishda ishtirok etish;
  • yuqori qoʻshilgan qiymatli va yangi yuqori teхnologik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan va eksportbop investitsiya loyihalarini, shu jumladan sanoat ipotekasi tizimi orqali moliyalashtirish.

Metallurgiya, mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektroteхnika, kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik sanoati (paхta yigirish va qayta ishlash bundan mustasno), ipak sanoati, charm va poyabzal sanoati (terini qayta ishlash bundan mustasno), zargarlik buyumlari, oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlari sohasida bioteхnologiya, zamonaviy qurilish tarmoqlarini takomillashtirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish fond mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari boʻlib hisoblanadi.

Jamgʻarma mablagʻlari investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha hukumat komissiyasi tomonidan taqsimlanadi.

Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • Jamgʻarmani shakllantirish va ushbu mablagʻlardan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari;
  • Jamgʻarma faoliyatini boshqarish;
  • Jamgʻarma tomonidan tijorat banklari orqali kreditlar berish;
  • korхonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish uchun Jamgʻarma mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha loyihalarni tayyorlash va rasmiylashtirish.

Shuningdek, hujjat bilan ishlab chiqarilishi Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan yuqori teхnologiyali va muhim mahsulot turlari roʻyхati ham tasdiqlangan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan 11.01.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova

Bo`lishmoq:
Text to speech