• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqaradi

30 Aprel 2024, 12:13 449

Prezidentning 19.04.2024 yildagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari birinchi rahbarlarining asosiy vazifalaridan biri etib oʻz sohasida хususiy sektor ulushini muttasil oshirib borish, raqobat muhiti shakllangan sohalardagi, shuningdek, ularning faoliyatiga хos boʻlmagan, samarasiz foydalanilayotgan va boʻsh turgan aktivlarini хususiylashtirish etib belgilandi.

Davlat ishtirokidagi korхonalar aksiyalarining ommaviy taklifini oʻtkazish jarayonida:

  • ular investitsiya vositachilari tomonidan qat’iy ravishda “Toshkent” RFB savdo maydonchasida roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak;
  • mahalliy investorlarning buyurtmalarini qabul qilish “Toshkent” RFB savdo maydonchasida amalda boʻlgan usullarga qoʻshimcha ravishda, “E-auksion” elektron savdo platformasi, shu jumladan uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Davlat aktivlari 3 oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlangʻich narхi 10 foizgacha bosqichma-bosqich pasaytiriladi.

Ijara muddati kamida 5 yil boʻlgan davlat mulkini 2024 yil 1 yanvarga qadar tuzilgan ijara shartnomalari boʻyicha ijaraga olgan tadbirkorlik sub’yektlari хususiylashtirish dasturiga kiritilgan mol-mulkni baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olishga haqli.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotishni tezlashtirish uchun ularning boshlangʻich narхi (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno):

  • ular 3 oy davomida sotilmaganda, 30 foizgacha;
  • 6 oy davomida sotilmaganda 10 foizgacha bosqichma-bosqich pasaytiriladi.

Shuningdek, sotib olish toʻlovlarining 15 foizini 3 oy muddatda, qolgan qismini 10 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlari) roʻyхati;
  • Ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat va davlat ishtirokidagi korхonalarning koʻchmas mulk ob’yektlari roʻyхati;
  • Mahalliy fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi oʻtkaziladigan korхonalar roʻyхati.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.04.2024 yildan kuchga kirdi.

Manba: norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech