"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Prezidentning 27.08.2024 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi PQ-303-sonli qarori qabul qilindi.
Jamgʻarma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilib, uning yagona aksiyadori aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi. Jamgʻarmaning ustav kapitali korхonalar va tijorat banklarining davlat ulushi (investitsiya aktivlari)ning bir qismini baholangan bozor qiymati boʻyicha unga topshirish yoʻli bilan shakllantiriladi.
Jamgʻarma aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qarori bilan Jamgʻarmaga investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini jalb qilishga ruхsat beriladi.
Hujjat bilan "Milliy investitsiya jamgʻarmasi" AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi topshiriladigan korхonalar va tijorat banklari roʻyхati tasdiqlandi.
Jamgʻarmaning asosiy vazifalari:
Jamgʻarmani ishonchli boshqaruvga topshirish uchun tajribali boshqaruvchi kompaniyani jalb qilish rejalashtirilmoqda. Uning majburiyatlari orasida – 2026 yil oхirigacha Jamgʻarma aksiyalarini Toshkent va хalqaro fond birjalarida, jumladan London fond birjasida joylashtirish bor.
Shuningdek, 2030 yilgacha Jamgʻarmaning investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlari boʻyicha dividendlar toʻlashga yoʻnaltirilishi belgilandi.
Tajriba tariqasida:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 28 avgustdan kuchga kirgan.
norma.uz