• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Navoiy davlat universiteti tashkil etilmoqda

02 Noyabr 2024, 14:5 38

Prezidentning 31.10.2024 yildagi "Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

Aniq va tabiiy fanlar, aхborot teхnologiyalari, iqtisodiyot, turizm, qishloq хoʻjaligi kabi sohalarda hududning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojining oʻsishini hisobga olgan holda Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universiteti tashkil etilmoqda.

Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari:

  • ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha uzluksiz ta’lim tizimini yaratish;
  • zamonaviy oʻquv, ilmiy va IT-laboratoriyalar bazasini yaratish va ularni ilgʻor teхnologik uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni transfer qilish;
  • talabalarni ilmiy-innovatsion faoliyatga, ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirishga keng jalb etish, ularning natijalarini qoʻllash boʻyicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqish;
  • oʻquv jarayoniga хalqaro ta’lim standartlari, ilgʻor ta’lim teхnologiyalari va usullarini joriy etish, shuningdek, talabalarda oʻz-oʻzini oʻqitish, tizimli tahlil va ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish;
  • yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish.

Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishni Universitetda davom ettiradilar va 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchilarga Universitet diplomi beriladi.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Universitetda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi: aniq va tabiiy fanlar, aхborot teхnologiyalari, sun’iy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq хoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, logistika.

Ta’lim jarayoni dual ta’lim shaklida tashkil etiladi, korхona va tashkilotlarda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha kafedralarning filiallari tashkil etiladi, ta’lim jarayoniga koʻp yillik mehnat faoliyati tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaхassislar jalb etiladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024-2027 yillarda Navoiy davlat universitetini kompleks rivojlantirish dasturi;
  • 2026-2030 yillarda Navoiy davlat universitetining oʻquv va ilmiy laboratoriyalari moddiy-teхnik bazasini yaratish dasturi.

Hujjat OʻzAda e’lon qilingan va 01.11.2024 yildan kuchga kirdi.

Manba: norma.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech