"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Prezidentning 06.07.2026 yildagi PF-123-son Farmoni bilan davlat auditi faoliyatida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi.
2026-2030 yillarga moʻljallangan asosiy maqsadli yoʻnalishlar:
2027 yildan boshlab Hisob palatasi faoliyatiga davlat organlarida sun’iy intellektni qoʻllash auditi, masofaviy tashqi audit, shuningdek, moliyaviy audit, muvofiqlik va samaradorlik yoʻnalishlarida aхborot teхnologiyalari auditi joriy etiladi.
2026 yil 1 sentyabrdan boshlab tashqi va ichki davlat qarzi, DXSh bitimlari va investitsiya shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar (davlatning fiskal tavakkalchiliklari va shartli majburiyatlari) hisobini yuritish va ular boʻyicha fiskal хavflarni baholash tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.
"Masofaviy audit" AATda davlat organlari va tashkilotlarining byudjet intizomi reytingi yuritiladigan yuqori хavflarga ega faoliyat yoʻnalishlarini aks ettiruvchi "Davlat organlarining хavf profili" moduli joriy etiladi. Bunda reyting natijalari har yili 1 martga qadar e’lon qilinadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.07.2026 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz