"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Prezidentning 23.01.2024 yildagi PQ-39-son “Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 fevraldan boshlab qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.
Reyting doirasida tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Reyting Soliq qoʻmitasining «Tabdirkorlarning barqarorlik reytingi» elektron platformasida idoralararo aхborot almashinuvi vositasida avtomatik ravishda (onlayn) shakllantiriladi hamda Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun quyidagi ragʻbatlantirish choralari joriy etiladi:
«A» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan:
2024 yil 1 apreldan tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda qoʻllaniladi.