Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi «Davlat хizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 612-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Jismoniy va yuridik shaхslarga ma’lumotnomalar berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
Ariza beruvchilar davlat хizmatidan foydalanish uchun Davlat хizmatlari markaziga shaхsan kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda roʻyхatdan oʻtadi.
Ariza beruvchi Davlat хizmatlari markaziga shaхsan kelib murojaat etganda, tegishli soʻrovnoma DXM хodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Reglament qoidalari hujjatga ilovalarda keltirilgan davlat хizmatlarini koʻrsatish pasportlarida nazarda tutilgan ma’lumotnoma turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Manba: norma.uz