Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Yashil” davlat xaridlarini qo'llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi

19 Iyun 2025, 17:13 979

“Yashil” davlat xaridlarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (371-son, 18.06.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, davlat xaridlarini amalga oshirishda "yashil" davlat xaridlari tizimi joriy etiladi hamda "yashil" davlat xaridlari ulushi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich 30 foizga yetkaziladi.

2026-yil 1-yanvardan davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlardagi xarid qilish hujjatlariga majburiy tartibda kiritiladi.

Bunda:

- ekologik markirovkalash hujjatining har bir turi uchun to'plangan ballarning 5 foizi miqdorida qo'shimcha ball beriladi;

- ishtirokchi taklifining ushbu mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini xarid qilish tartib-taomilidan chetlatish uchun asos bo'lmaydi.

Bundan tashqari, davlat buyurtmachilarining 2026-yil uchun davlat xaridi bilan bog'liq xarajatlarda “yashil” davlat xaridlari ulushini kamida 15 foizga yetkazishi, ushbu ko'rsatkichni har yili kamida 5 foizga oshirib borish bo'yicha choralar ko'rishi belgilandi.

Bo`lishmoq:
Text to speech