Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Prezidentning 05.06.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-213-son qarori qabul qilindi.
Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij bitimining 13-moddasida issiqхona gazlari ajratmalarini qisqartirish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda mamlakatlar tomonidan iqlim oʻzgarishi ta’sirini yumshatish va unga moslashish choralari koʻrilishi hisobidan erishilgan natijalarni doimiy ravishda baholab borish maqsadida takomillashtirilgan shaffoflik tizimini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan.
Bunda shaffoflik tizimi orqali issiqхona gazlari ajratmalari monitoringi natijalari va hisobotlarni, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga moslashish jarayonlariga oid ma’lumotlarni jamoatchilik e’tiboriga yetkazib borish talab etiladi.
Prezidentning 2022 yil 2 dekabrdagi “2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-son qarorida milliy miqyosda issiqхona gazlari ajratmalarining monitoringi, hisoboti va tekshiruvi boʻyicha shaffoflik tizimini (MRV tizimi) yaratish va rivojlantirish nazarda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish konsepsiyasini tasdiqlaydi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi milliy shaffoflik tizimining milliy organi hisoblanadi va u quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
2024 yil 1 dekabrga qadar Milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi ishga tushirilishi va uning “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinishi rejalashtirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengashning yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 06.06.2024 yildan kuchga kirdi.
norma.uz