"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda o'rmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-90-son, 30.05.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, daraxt va buta ko'chatlarining ko'karuvchanligi, yashovchanligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirishning 2026-yil 1-yanvardan boshlab maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
urug'chilik laboratoriyalarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos o'simlik turlaridan onalik plantatsiyalarini tashkil qilish;
davlat o'rmon xo'jaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan ko'chatlar hajmini 2 baravarga oshirish.
2025-yil 1-oktabrdan boshlab “YAshil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini oshirish, “Yashil makon” elektron platformasida ochiqlikni ta'minlash va raqamlashtirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy qilinadi:
aholi tashabbusi bilan daraxt ekilishi mumkin bo'lgan aniq hudud, suv ta'minoti, keyinchalik parvarish qilish imkoniyati va daraxtlarning turlarini ko'rsatish;
o'rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo'q qilgan shaxslar tomonidan kompensasiya sifatida ekilgan daraxt va buta ko'chatlari hisobini yuritish tizimini joriy qilish.
2025-yil 1-noyabrdan boshlab o'rmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladi va ularning toifasini o'zgartirish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.