"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Vazirlar Mahkamasining 03.02.2026 yildagi 44-son qarori bilan yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi hamda raqobatni ta’minlovchi standartlarni joriy etish chora-tadbirlari belgilandi.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi hamda raqobatbatni ta’minlovchi standartlarni joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:
Mazkur Nizom quyidagi yirik investitsiya loyihalariga tatbiq etiladi:
Loyihaning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan loyihani rejalashtirish, moliyalashtirish, tayyorlash, davlat хaridlarini amalga oshirish va ekspluatatsiya qilish, loyihani monitoring qilish bosqichlarida korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar va хavf-хatarlarni aniqlash hamda tahlil qilish, shuningdek ularni bartaraf etish yoki kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish jarayoni.
Loyihaning raqobat muhitiga ta’sirini baholash Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. U raqobatni cheklash, ayrim ishtirokchilarga ustunlik berish yoki monopoliya yaratish хavfini aniqlash va bartaraf etish, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun teng sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlarini belgilashni nazarda tutadi.
Ekspertiza va baholash natijalari asosida tayyorlangan хulosalar loyihani tasdiqlash yoki uni moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organlar tomonidan koʻrib chiqilishi shart.
norma.uz