• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mustaqil elektr ishlab chiqaruvchilar uchun tenderning dastlabki bosqichi boshlanganligini e'lon qilamiz

05 Yanvar 2023, 12:52 3660

“Olmaliq KMK” AJ 50-60 Mvt quvvatga ega o‘zgaruvchan tokdagi Olmaliq quyosh fotoelektr stansiyasini (FES) qurish loyihasi uchun mustaqil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar (investor-developerlar) uchun tanlovning dastlabki bosqichi boshlanganini ma'lum qiladi.

Mazkur loyiha atmosferaga chiqadigan chiqindilarni kamaytirish va "yashil sertifikat" olish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ korxonalarida mis va rux ishlab chiqarishni ekologik toza elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan.

Loyiha doirasida tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kamida 25 yil davomida o‘zgaruvchan tokdagi quvvati 60 Mvtgacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalashtiradi, moliyalashtiradi, xizmat ko‘rsatadi va foydalanishga topshiradi.

Tanlov g‘olibi yangi quriladigan quyosh fotoelektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun ishtirokchilar tomonidan taklif qilingan tarif bo‘yicha tanlanadi.

“Olmaliq KMK” AJ kelishilgan tarif bo‘yicha kamida 25 yil davomida quyosh fotoelektr stansiyasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasining kafolatlangan xaridori vazifasini bajaradi.

Ushbu ob'ektni qurish uchun “Olmaliq KMK” AJ Olmaliq shahrida sanoat zonasi yaqinida joylashgan 300 gektargacha bo‘lgan o‘z hududini pullik ijaraga beradi. (Joylashuv sxemasi - pdf formatda)

Loyiha doirasida investor-developer elektr uzatish liniyasini “Olmaliq KMK” AJning nimstansiyasiga yaqin joyida qurishi kerak.

Tenderning dastlabki bosqichida ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:

  1. Tanlovda ishtirok etish uchun qiziqish bildirilgan rasmiy xat taqdim etiladi.
  2. Xatga ilova sifatida kompainya haqida qisqa ma'lumot va amalga oshirilgan muqobil loyihalarning referens-varag‘i taqdim etiladi.
  3. Ob'yekt qurilish uchun taklif etilayotgan maydonga tashrif buyurish.
  4. Elektr energiyasini sotish uchun dastlabki tarifni taqdim yetiladi (rasmiy tanlov uchun maksimal tarifni aniqlash maqsadida).

Barcha manfaatdor ishtirokchilar rejalashtirilgan qurilish maydonchasiga tashrif buyurishlari kerak, shuningdek, kerakli barcha ma'lumotlarni so‘rashlari mumkin.

Keyingi bosqichda investisiya takliflarini tayyorlash bo‘yicha tanlov hujjatlarini taqdim etgan holda rasmiy ochiq xalqaro tanlov e'lon qilinadi. Shunga ko‘ra, ushbu bosqichda tarif ishtirokchi tomonidan aniqlanishi va yakuniy sifatida taqdim etilishi kerak.

Savollar tug‘ilsa “Olmaliq KMK” AJga murojaat qilish so‘raladi:

o.jansaidov@agmk.uz

j.tohtaev@agmk.uz

Nomzodlar elektr energiyasini sotish uchun ariza va dastlabki tarifni topshirish muddati Toshkent vaqti bilan 2023-yil 31-yanvar soat 18.00ni tashkil etishini hisobga olishlari kerak.

OKMK Investitsiyalar departamenti

Bo`lishmoq:
Text to speech