"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33
"Olmaliq KMK" AJ Markaziy apparati Texnologiya departamenti boshlig‘i
Tarjimai holi:
1984 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
Ma'lumoti - oliy. 2008-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan, ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi - rangli va nodir metallar metallurgiyasi.
Mehnat faoliyati:
2002-2008 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti talabasi
2008-2009 yy. -“Olmaliq TMK” OAJ MEZ sulfat kislotasi sexi 1-razryadli, 3-razryadli xom ashyoni tayyorlash va yarim tayyor mahsulotlar va tovarlarni chiqarish apparatchisi
2009-2011 yy. - “Olmaliq TMK” OAJ MEZ metallurgiya sexi 1-toifali iqtisodchisi
2011-2012 yy. - “Olmaliq TMK” OAJ MEZ metallurgiya sexi ishlab chiqarish uchastkasi katta ustasi
2012-2014 yy. - “Olmaliq KMK” OAJ bosh metallurgi v.b.
2014-2020 yy. - “Olmaliq KMK” AJ bosh metallurgi
2020-2024 yy. - “Olmaliq KMK” AJ bosh muhandisining texnologiyalar bo’yicha o’rinbosari - Texnik bo‘lim boshlig'i
2024 y. - h/v - "Olmaliq KMK" AJ Markaziy apparati Texnologiya departamenti boshlig‘i
Vazifalari:
Yangi texnika va ilg‘o’r texnologiyalarni, texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etilishi hamda yangi mahsulotlarni joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish rejalarining bajarilishini ta'minlash;
Ishlab chiqarishni texnologik jihatdan qo’llab-quvvatlash va amaldagi texnologik jarayonlar bajarilishining texnologik intizomini tekshirish;
Texnologik jarayonlarni doimiy ravishda takomillashtirib borish, energetik va moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish;
Ishlab chiqarishga resurslarni tejovchi texnologiyalarni, xom ashyo va materiallar sarflanishi ilg‘or me’yorlarini ishlab chiqish va tadbiq etish;
Ishlab chiqishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.