• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Urazayev Timur Rustamovich

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining Investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari

Tarjimai holi:

1975-yili Rossiya Federatsiyasida tugʻilgan.

Ma’lumoti – oliy. 1997-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – sharqshunoslik.  2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv Akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – Xalqaro iqtisodiy munosabatlar.

Mehnat faoliyati 

1992-1997 yy. –Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabasi

1997-2000 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranti

2001-2002 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot instituti xalqaro iqtisodiyot boʻlimi kichik ilmiy xodimi

2002-2003 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va Statistika vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish Respublika markazining Oziq-ovqat tovarlari bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish boʻlimi bosh mutaxassisi, boshliq oʻrinbosari

2003-2005 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Investitsiya dasturlari boʻlimining investitsiya loyihalarini monitoring guruhining bosh mutaxassisi, Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi

2006-2009 yy. – “DORMASH INVEST TSM”  MCHJ direktori

2009-2010 yy. – “Qorako‘l Stroy Engineering” MCHJ Investitsiya masalalari boʻyicha boʻlim boshligʻi, Loyiha-tadqiqot ishlari boʻyicha boshqaruvchi direktor oʻrinbosari, boshqaruvchi direktor.

2010-2012 yy. – “Stemzone Engineering Limited” vakolatxonasi rahbari.

13-2016 gg. – “Qorakol Stroy Engineering” MCHJ Loyihalash va qurilish boʻlimi boshligʻi

2017-2024 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zInjiniring” Respublika loyiha instituti direktori v.b.

2024-2025 yy. – “O’zInjiniring RLI” MCHJ direktori v.b.

2025y. - h/v. –  “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining investitsiya boʻyicha oʻrinbosari

Vazifalari:

Kombinatning investitsion faoliyati yuzasidan ishlarga funksional vazifalariga muvofiq holda rahbarlik qiladi;

Quyidagi tasarufdagi korxonalar rahbarlari tomonidan funksional vazifalari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi: Investitsiyalar va kapital qurilish  departamenti, Loyiha ishlari boshqarmasi, Kapital qurilish boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, shuningdek kombinatning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga asosan boshqaruv raisining Investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosariga boʻysinuvchi boshqa tasarufdagi boʻlinmalar, boʻlim/xizmatlariga;

Loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida ishlarni muvofiqlashtirib boradi, Kombinatni rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi doirasida qabul qilinayotgan qarorlar va amalga oshirilayotgan harakatlar muvofiq holatini nazorat qilib boradi;

Biznes, bozorning yangi yoʻnalishlarini oʻzlashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;

Kombinatni texnik va ma’muriy jihatdan modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni ishlab chiqadi;

Rivojlanishning samarali strategiyasi va Kombinatning rivojlantirish rejasining asosiy boʻlimlarini ishlab chiqadi;

Kombinatning moliyaviy, ishlab chiqarish va tijorat koʻrsatkichlari asosida kombinat investitsion siyosatining konsepsiyasini ishlab chiqadi.

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining Investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari vaqtincha boʻlmagan davrda uning vakolatini – "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot, moliya va transformatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosariga, yoki kombinat boshqaruvi raisining buyrugʻi bilan vaqtincha tayinlangan boshqa shaxs amalga oshiradi.

Text to speech