Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi doirasida 4-sonli Mis boyitish fabrikasi (4-MBF) “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida qurilishi” loyihasining Atrof muhitga ta'sirini baholash loyihasi bo‘yicha joriy yilning 2-noyabr kuni shahrimizning Usmon Nosir va Abdulla Qodiriy mahallalarida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari inspeksiyasi, Olmaliq shahar hokimligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mas'ullari va mutaxassislari, “Mahalla yettiligi” a'zolari va mahalla ahli ishtirok etishdi.
Tadbirda “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Aziz Muratov kombinatda qurilayotgan 4-sonli Mis boyitish fabrikasining taqdimotini o‘tkazdi.
Jamoatchilik muhokamasida yangi qurilayotgan fabrikaning atrof-muhitga ta'siri, unda qo‘llaniladigan texnologiyalar bo‘yicha to‘liq ma'lumot berildi.
Ma'lumki, joriy yilning 15-oktyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi doirasida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishiga start berildi. Yangi qurilayotgan fabrikaning ishga tushirilishi natijasida ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bu fabrikada kelgusida sizlarning farzandlaringiz, mahalla yoshlari mehnat qilishadi. Fabrikada yiliga 60 mln tonna ma'dan qayta ishlanib, 800 ming tonnadan ko‘proq mis konsentrati ishlab chiqariladi. Bugungi kunda jahon bozorida misga bo‘lgan talab kundan-kun oshib bormoqda. Fabrikaning ishga tushirilishi natijasida mis ishlab chiqarish hajmi oshadi. Bu esa misdan yangidan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Fabrika va uning infratuzilmalarida 3 mingdan ortiq kishi ishlaydi. Ishlab chiqarishda yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qo‘llanishini belgilangan, - deydi Aziz Muratov.
Taqdimot davomida ishtirokchilarga loyiha bo‘yicha tarqatma materiallar ham berildi.
Tadbirda mas'ullar tomonidan loyihaning Olmaliq shahar rivojida tutgan o‘rni, hudud ekologiyasini yaxshilash borasidagi roli haqida ham to‘liq ma'lumotlar taqdim etildi.
Mahallalarning aholisi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan batafsil javob olishdi.
Aziz hamshaharlar, Sizlarda loyiha bo‘yicha taklif va e'tirozlaringiz bo‘lsa ularni (+998 70) 619-23-33 telefon raqamiga yoki info@agmk.uz elektron manziliga yuborishingizni so‘rab qolamiz.
Axborot xizmati