"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki, Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokuraturasi hamda “Olmaliq KMK” AJ hamkorligida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida tizimli ravishda muntazam sayyor qabul jarayonlari tashkil etib kelinmoqda.
Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori Rasul Matxalikovning navbatdagi sayyor qabuli joriy yilning 25-iyun kuni Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasida o‘tkazildi.
Sayyor qabul jarayonida “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov, Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori Rasul Matxalikov, kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi kengashi raisi Abduradish Haydarov hamda kombinat Markaziy apparati bosh mutaxassislari ishtirok etishdi.
Qabul davomida “Namuna” MFY hududida joylashgan Guliston ko‘chasiga asfalьt yotqizish, oliy o‘quv yurti kontrakt to‘lovini to‘lashda yordam berish, 3-temiryo‘l sexi hududida joylashgan avtoturargohga kuzatuv kameralarini o‘rnatish, farzandini ishga joylashtirish, 3-temiryo‘l sexi joylashgan hududning yo‘l qatnov qismiga svetofor o‘rnatish, oliy o‘quv yurtiga kirish uchun kombinat tomonidan tavsiyanoma berish kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Shuningdek, suv tanqisligi yuzaga kelganligi sababli “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tashkil etilgan hududda sug‘orish ishlarini olib borish uchun quduq qazish ishlarini olib borish, 3-temiryo‘l sexi hududida yangi tashkil etilayotgan hovuzni yon atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun o‘ziga biriktirib berish kabi masalalarda amaliy yordam so‘raldi.
Qabul davomida mas'ullar tomonidan murojaatchilarga joyida tegishli tushuntirish hamda tavsiyalar berilib, ijro uchun mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida temiryo‘l sexi joylashgan hududning yo‘l qatnov qismiga svetofor o‘rnatish to‘g‘risidagi murojaat Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori tomonidan alohida nazoratga olindi.
Sayyor qabul yakunida, Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokuraturasi hamda “Olmaliq KMK” AJ hamkorligida bu kabi sayyor qabul jarayonlarini o‘tkazilishi tizimli ravishda amalga oshirilishi ma'lum qilindi.
Axborot xizmati