Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Rux zavodida o‘tkazilgan kengaytirilgan davra suhbatida ana shu masalalar keng muhokama qilindi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruv raisining 1037-sonli buyrug‘iga muvofiq, kombinat korxonalarida ijtimoiy-ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar muammolari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi o‘rganib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri kuni-kecha Rux zavodida bo‘lib o‘tdi. Zavoddagi ma'naviy-ma'rifiy muhit va yoshlar muammolari o‘rganildi Yoshlar orasidagi turli jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida sex va bo‘limlarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. O‘rganishlar yuzasidan ishchi guruh tomonidan dalolatnoma tuzildi.
O‘rganishlarning muhokamasi sifatida o‘tkazilgan yig‘ilishda OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov va “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmalari Kengashi raisi Abdurashid Haydarovlar ishtirok etdi.
Sa'di Shermatov yig‘ilish qatnashchilarini tegishli huquqiy hujjat bilan yaqindan tanishtirib, ishchi guruh tomonidan tuzilgan dalolatnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda Rux zavodi jamoasida sog‘lom muhitni yaxshilash masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, OKMK boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Azamat Mavlanov dalolatnomada qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Mavjud kamchiliklar bo‘yicha mas'ullardan izoh so‘raldi. Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda nazorat guruhi a'zolarining tanqidiy fikr-mulohazalari tinglandi. Rux zavodi mas'ul rahbarlari tomonidan ish joylaridagi kamchiliklar barvaqt aniqlanmasdan, sustkashlikka yo‘l qo‘yganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qat'iy choralar ko‘rilishi qayd etib o‘tildi.
Bu kabi tadbirlar, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar kombinat korxonalarida davom etmoqda.
Axborot xizmati