"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ko‘plab ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy ta'lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Jumladan, OKMK va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro manfaatli hamkorlik natijasida ilm-fan va ishlab chiqarish integrasiyasi doirasida kombinat korxonalarining ilmiy-texnologik yechimlarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, tegishli innovatsion ishlanmalar bo‘yicha takliflar shakllantirilgan.
Mazkur takliflarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish maqsadida joriy yilning 8-aprel kuni OKMK rahbariyati hamda Fanlar akademiyasi mas'ullari hamda akademiyaning Materialshunoslik instituti professor olimlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov sanoat korxonalari bilan ilmiy tadqiqot muassasalarining hamkorligi har tomonlama foydali ekanligini, ayniqsa, kombinat mahsulotlaridan yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish lozimligini, bu masalada akademiya olimlariga tayanilishini ta'kidladi. Shuningdek, A.Xursanov bugungi kunda kombinatda tashkil etilgan Muhandislik maktabining faoliyati, istiqboli haqida to‘xtalib, maktab faoliyatida dunyoning yetakchi davlatlarining tajribasidan foydalanilayotgani, yana bir muhim vazifa ilg‘or muhandislar maktabini tashkil etish va unda innovatsion ishlanmalardan foyda keltiradigan mutaxassislarni tayyorlash lozimligini bildirdi.
Uchrashuv davomida olimlar tomonidan innovatsion ishlanmalar bo‘yicha taqdimotlar qilinib, mazkur ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda tomonlar o‘rtasida Mis boytish fabrikasida shlamli materiallarni nanokompozitsion plyonka bilan quritish bo‘yicha tajriba sinov ishlarini o‘tkazish, piritli boyitmani qayta ishlash maqsadida Materialshunoslik instituti bilan tadqiqot ishlarini o‘tkazish, shaxta suvlarini nanotrubkalar bilan tozalash, payvandlash elektrodlari uchun qoplamalar shixtasi uchun texnogen chiqindilarni qo‘lash bo‘yicha sinov ishlarini tashkil etish kabi masalalar bo‘yicha kelishib olindi.
Axborot xizmati