"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33"Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" davlat dasturi doirasidagi vazifalar ijrosidan kelib chiqib, bugun “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov o‘ziga biriktirilgan “Koinot” va “Saxovat” mahallalarida yashovchi yoshlar bilan uchrashdi.
Samimiy ruhda o‘tkazilgan uchrashuvda A.Xursanov tomonidan yoshlarning murojaat va takliflari tinglandi.
Ularning orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarish, bandligini ta'minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Har bir yoshning murojaati alohida nazoratga olindi.
OKMK Axborot xizmati