O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi № PQ- 916 sonli "Inovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni yo’lga qo'yish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori asosida a'nanaviy ko’rinish olgan Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika ko’rgazmasi tadqiqotlar natijalarini hayotga tadbiq etish, fan va sanoatning uzviy aloqalarini yo’lga qo’yishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Shu borada "Olmaliq KMK" AJ Respublika "O'zexspomarkaz" AJ MKKning ko'rgazma pavilonlarida o'tkazib kelinadigan innovasion g'oyalar, texnologiya va loyihalari yarmarkasida har yili faol qatnashadi.
Bugungi kunda "Olmaliq KMK" AJ ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini ko'paytirish va sifatini oshirish, metallurgik va boyitish jarayonlari texnologiyalarini takomillashtirish va ishlab chiqishni tashkil etish maqsadidagi innovasiyalarni izlash va tadbiq etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot institutlari bilan VIII va IX Respublika innovasion g'oyalar, texnologiya va loyihalari yarmarkasida tuzilgan bir qator shartnomalar amal qilmoqda.
- “Olmaliq KMK” AJ Rux zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan rux kukunini ajratish texnologiyasini ishlab chiqarish va tadbiq etish;
- Nodir metallarni olish sexining yangi donalangan molibden konsentrati shixtalari tarkibiga joriy etish;
- Ohak zavodinig 90 va 75 kVt kuchlanishdagi drobilkalarining elektroprivodlarini ravon ishga tushirish moslamasini yaratish va joriy etish;
- Tarkibida ferrit va rux silikati kam bo'lgan rux kuyindisini olish usulini ishlab chiqish;
- BK-6 va boshqa turdagi qattiq qorishmalarni ishlab chiqarishda xom ashyoni qayta tozalash va nano-tarkibini yaratish texnologiyasi.
Ilmiy-taqiqot shartnomalarining umumiy qiymati - 430 mln. so’mni tashkil etadi.
“Olmaliq KMK” AJ O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish Vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan bir qator samarali energiyatejamkor loyihalar ustida muntazam ravishda ishlab kelmoqda.