Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 10 avgustdagi 442-sonli “Xonjiza va Uch-quloch konlarining polimetall rudalari mineral resurs bazasidan samarali foydalanish to‘g‘risida”gi qarori Xonjiza kon boshqarmasi tarixiga ilk tamal toshini qo‘ygan edi.
Aynan shu yilning avgustida ushbu polimetall konini o‘zlashtirish bo‘yicha to‘la huquq Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga berildi. Ushbu loyihada xorijiy investorlarning ishtiroki ko‘zda tutilmagan.
2007 yilning ikkinchi yarmiga kelib Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Xonjiza konining polimetall maydoniga ishlov berishni boshlab yubordi.
O‘tmishga qarab ish ko‘rmoq xayrli, deyishadi. Agar moziyga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Xonjiza koni polimetall rudalarini o‘rganish ishlari 1961 yildan 1974 yilga qadar davom etganiga guvoh bo‘lamiz. Bu yerdagi kon zahiralari 1974 yilda tasdiqlangan.
1970-1971 yillarda “Sredazniprosvetmet”, 1971 yilda SNIGRI, 1972 yilda SAIGIMS, 1974 yilda SNIGRI, VNIISVETMET, SAIGIMS institutlari tomonidan VNIISVETMET tajriba fabrikasida tadqiqotlar va sanoat sinovlari o‘tkazildi. Boyitish texnologiyasi ishlab chiqildi.
«Marakand Minerals» firmasi Xonjizada sobiq ittifoq davrida o‘tkazilgan qator tadqiqot natijalariga ko‘ra, texnik iqtisodiy asosnoma (TEO)ni ishlab chiqdi. Shuningdek, VNIISVETMET tomonidan o‘tkazilgan yarim sanoat sinovlarining texnologik ko‘rsakichlarini ham taqdim etdi.
1997 yilda Kanadaning «Leykfild Riserch» kompaniyasi tomonidan ham rudaning o‘rtacha namunalari keng qamrovli o‘rganildi. Har ikkala tashkilot ham muqaddam taqdim etilgan loyihalarga nisbatan solishtirganda ma'danlar hosil bo‘lishining yuqori texnologik ko‘rsatkichlari mavjudligini ko‘rsatib berishdi.
Sobiq Ittifoq davrida o‘rganilgan, yuqori ko‘rsatkichlar mavjudligi aniqlangan, ammo ochilmay qolgan Surxon tog‘laridagi bu javohirlarni ona-zaminimiz o‘z bag‘rida saqlab qoldi. Istiqlol sharofati bilan paxtasi-yu oltini, ma'dani-yu ipagi o‘ziniki bo‘lgan xalq ana shu yer osti boyliklarining haqiqiy egasiga aylandi.
Xondiza konining 650 ming tonna quvvatga ega bo‘lgan polimetall ruda zahiralari negizida kon-boyitish majmuasi qurilishi boshlab yuborildi. Ushbu loyiha Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 46,5 mln. dollar miqdordagi o‘z mablag‘lari hisobidan, shuningdek, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 60 mln. dollar va mamlakatimiz banklaridan jami 40 mln. dollar miqdoridagi kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi. Yirik bu loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomalari Rossiyaning “Mexanobr injiniring” YoAJ instituti(Sankt-Peterburg) ishtirokida tayyorlandi va ishchi hujjatlari ishlab chiqildi.
Faoliyati
Xonjiza kon boyitish majmuasining hayot tomiri Xonjiza konidan boshlanadi. Hisor tizmasidagi Surxontog‘ tog‘larining markaziy qismida, Sariosiyo hududida, tuman markazidan 54 km. uzoqlikda joylashgan. Xonjiza koni shimoliy va shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishlarda tartibsiz cho‘zilgan 40 km2 ga teng maydonga ega.
Geografik jihatdan konning maydoni kuchli ajralib turadigan tog‘li yer bilan tavsiflanadi. Rudali maydonni shimolda eng yuqori nuqtasi 3075.2 m., markaziy qism sohasida 1300 m. (Xonjiza daryosi vodiysi)dan 1800 m. gacha bo‘lgan Hisor tog‘ tizmasi o‘rab turadi, Sariosiyo temir yo‘l stansiyasidan 60 km. uzoqlikda joylashgan.
Kon maydonida uch tuzilma qavatli jinslar yastanib yotadi.
-pastki: 280 m. atrofida Xondiza tog‘ jinslari tizmasining quyi kembriygacha metamorfik jinslar, kristalli slaneslar, ikki slyudli gneyslar va gneyslangan granitlari bilan namoyon bo‘lgan;
- o‘rtacha: vulkanogen-cho‘kindi karbon davri jinslari bilan tavsiflanadi;
- yuqori qavat: quyi va o‘rta qavatlar cho‘kindilarida g‘ilof shaklida yotuvchi yura terrigenoz cho‘kindi jinslar hosil qiladi.
Asosiy ruda kon qatlamlari linzasimon va tomirsimon-zarrali zonalari bilan almashib turadigan, qattiq rudali qatlamsimon ruda jismlar qatorini birlashtiradi. Umuman olganda, u subkenglikda cho‘zilib yotadi. Pasayishi janubda 25-300 va shimolda 45-600 nisbatan qiyalamadir.
Eng katta quvvat qiyalama joylashgan va fleksural burilish uchastkalariga xos bo‘lib, yonbag‘irlarda u keskin ravishda kengaytiriladi. Kon yuqoridan va pastdan surilma yon tomonidagi terrigen-karbonat-piroklastik qadoq bilan va osilma tomondagi vulkanogen qadoq gorizont jinslari bilan bog‘lanish orqali o‘tadigan surilmalar bilan chegaralangan. Kon bag‘ridagi tog‘ jinslari va ruda qatlamlari ichida braxiform tuzilishga ega bo‘lgan burmalar mavjud. Rudalarning o‘ziga xosligi - xalkopiritning galenit, sfalerit va piritga 0.5:1:3:4 miqdoriy nisbati bilan ularning mayda donali tuzilishidir.
Umuman olganda, rudali jismlar bir necha gipsometrik sathlar bo‘limida joylashgan bo‘lib, qalinligi 10 dan 30 m. gacha bo‘lgan vulkanoklastik jinslarning rudasiz qatlamlari bilan ajralib turadi. №3, №2, №4, №6 va №8 eng yirik jismlar hisoblanadi. Ular orasidagi intervallarda №5, №7 va №9 mayda linzasimon jismlar joylashtiriladi.
№3-sonli ruda jismi kondagi asosiy konlardan biri hisoblanadi. Unda barcha foydali qazilmalarning o‘rganilgan zahiralarini 80% dan ortig‘i bor. Cho‘zilishi bo‘yicha 600 m, ag‘darilishi bo‘yicha 780 m, o‘rtacha haqiqiy quvvatda 14 m tashkil etadi. Rudali jism shimolga va sharqqa to‘liq konturlanmagan.
3-sonli rudali jismning holati pastki vulkanogen gorizontning riolitit-dasit porfirining riolit-porfirlari tuflari bilan aniqlanadi.
Boshqa ruda jismlari hisoblab chiqilgan zahiralar miqdorining foizlardagi miqdorini: №4-5%; №5-5,7%; № 6-4,7%; № 8-2%; №7,9 dan 0.5%gacha; №5-0,3% o‘z ichiga oladi.
Jismning markaziy qismiga to‘g‘irlangan №3(18-21,6 m) ruda jismlarining eng yuqori quvvatlari +1300 va +1000 m belgilari oralig‘ida va fleksuraning qiyalama qismiga to‘g‘irlangan. +1000 m belgisidan past o‘rtacha quvvat 6-8 m.gacha qisqaradi.
Kon rudalari konlarning asosiy qismini tashkil qilib, tomirli-zarrali va qattiq massivli turlarga bo‘linadi hamda rudalarning asosiy massasi ichida lentasimon shakldagi mayda to‘planmalarni hosil qiladi. Kon rudalarining o‘ziga xos xususiyati baritning uncha katta bo‘lmagan tarkibi (1-1.5%) hisoblanadi. Aralashmalar elementlari, asosiy sul'fidlar (sfalerit, galenit, pirit, xalkopirit)da ham, mustaqil materiallar ko‘rinishida ham topiladi.
Kumush izomorf ravishda asosiy sul'fidlarga bog‘langan bo‘lib, argentit, freybergit, prustit va boshqa mustaqil minerallarni hosil qiladi. Rudalarda oltin mayda tarqalgan, shuningdek galenit, xalkopirit, pirit va ehtimol, tellurid ko‘rinishida ham aralashma sifatida bo‘ladi. Kadmiy rudalarda sfaleritda aralashma sifatida uchraydi. Saqlovchi jinslardagi asosiy minerallar kvars, plagioklaza, kaliyli dala shpati, muskovit va biotit hisoblanadi.
Shunday qilib, rudali massivlar va uyum jinslarining kimyoviy tarkibi keskin farq qiladi. Mineral sul'fidlar uyurma yoki bo‘sh jinslarga xos emas. Bu esa ularni yuzaga chiqarilganda inert va agressiv bo‘lmagan jinslar sifatida tavsiflash imkonini beradi.
“Xonjiza” shaxtasi
2007 yilning noyabr oyida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Kovuldi koniga qarashli bo‘lgan kapital kon ishlari uchastkasi Xondiza konida kon tayyorlov ishlarini amalga oshirishni boshladi. 2009 yil dekabr oyida “Xonjiza” shaxtasidan ilk bora ruda qazib olindi.
“Xondiza” shaxtasining umumiy yer maydoni 128 ga ni tashkil etadi.
2019 yilda shaxtadan rudani qazib olib, rudani chiqarish va burg‘ulash ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Shvesiya davlatining “Epiroc” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan 5 ta MT-2010 rusumli yer osti avtosamosvali, 1 ta SBU Simba K-102 rusumli burg‘ulash mashinasi va Finlyandiyaning “Sandvik” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan 5 ta LH -307 rusumli ortish-etkazish mashinasi, TH-320 rusumli 1 ta avtosamosvali, SBU DL-210 rusumli 1 ta burg‘ulash texnikalari olib kelindi.
Xonjiza shaxtasi quyidagi uchastkalarni o‘z ichiga oladi:
- Yer osti kon ishlari uchastkasi
- Shamollatish va kon lahimlarini mustahkamlash uchastkasi
- Shaxta yer usti uchastkasi
- Kon tayyorlov uchastkasi
- Elektr ta'minoti uchastkasi.
Shaxtada kon qazish ishlari ikki tizimda olib borilmoqda:
- qavatlar ostidan qulatish orqali;
- kamera-ustunli.
Direktor: Xo'jamurotov Botir Ravshanovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz